Toshkent ko‘chalarida retro-avtomobillar namoyish etildi (foto)

Kecha, 5-may kuni Toshkent shahri aholisi va mehmonlari poytaxt ko‘chalari bo‘ylab o‘tgan retro-avtomobillar karvonini tomosha qildi.

Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, o‘nlab retro avtomobil va mototsikllar, yuzlab mahalliy avtotransport vositalari O‘zbekiston bayroqlarini ko‘tarib, harbiy okrestr sadolari ostida 25 kilometrlik masofani bosib o‘tdi. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hamda «Retro Uz» klubi bilan hamkorlikda 9 may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan mazkur aksiya ishtirokchilarda olam taassurot qoldirdi.

Avtokarvon Qurolli Kuchlar akademiyasining markaziy darvozasi oldidan boshlanib, Toshkent Kichik xalqa yo‘li hamda Bunyodkor va Alisher Navoiy ko‘chalari bo‘ylab o‘tdi.
Unda Qurolli Kuchlar akademiyasi harbiy xizmatchilari shaxsiy avtomobillarda ham ishtirok etdi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter