Fransiyada mudhish rekord o‘rnatildi

Fransiyada koronavirusga chalinganlar soni 16 972 nafarga ko‘payib, yana rekord natijaga yetdi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Epidemiya boshlangandan buyon Fransiyada umumiy kasallanganlar soni 606 625 kishiga yetdi. Jami 32 198 nafar bemor COVID-19 tufayli hayotdan ko‘z yumdi.
Avvalgi antirekord 24-sentyabr kuni qayd etilgan — 16 mingdan ziyod. O‘tgan hafta shifoxonalarga jami 4087 kishi tushgan, ulardan 849 nafari reanimatsiyada.
«Worldometers»ning ma’lum qilishicha, 2020-yil 4-oktyabr 9:30 holatiga ko‘ra, dunyoda 35 135 044 kishi koronavirusni yuqtirib olgan, ulardan 1 03 934 nafari hayotdan ko‘z yumdi, yana 26 126 713 nafari tuzalgan. Kasallanishlar soni bo‘yicha AQSh, Hindiston, Braziliya, Rossiya va Kolumbiya oldinda bormoqda.
Yangi tipdagi koronavirus infeksiyasi chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi tarqalishi ilk bor 2019 yil dekabr oyida Xitoyning Uxan shahrida qayd etilgan. 11-mart kuni JSST pandemiyani e’lon qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter