Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs jazoga tortildi

Harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiritishni va’da qilgan shaxs jazoga tortildi

Andijon viloyatida harbiy bilim yurtiga kiritishni va’da qilib, pul o‘zlashtirgan firibgar qo‘lga olindi.

Tergov jarayonida aniqlanishicha, 2019 yil iyun oyida Oltinko‘l tumanida yashovchi 34 yoshli Ravshan E. Marhamat tumanida yashovchi O.K. o‘g‘lini harbiy bilim yurtiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, undan 6.000.000 so‘m miqdorda pulni aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritgan va bergan va’dasini bajarmagan.

Mazkur holat yuzasidan Ravshan E.ga nisbatan Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ravshan E.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan ayblov e’lon qilingan va «garov» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Buloqboshi tuman sudining 2020 yil 23 yanvar kungi hukmiga ko‘ra, Ravshan E. ushbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 2 yil 3 oy muddatga ahloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

Manba: tergov.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring