Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hududlarda bittadan agroxizmat zonalari tashkil etiladi

Hududlarda bittadan agroxizmat zonalari tashkil etiladi

Davlat rahbariga qishloq xo‘jaligi sohasida zamonaviy bank xizmatlarini yo‘lga qo‘yish, raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni joriy qilish borasidagi ishlar ham taqdimot qilindi.

2025 yilda «Agrobank» ATB tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun 1,6 trillion so‘mlik kreditlar ajratilgan bo‘lsa, joriy yilda bu ko‘rsatkichni 3,9 trillion so‘mga yetkazish ko‘zda tutilgan. Kreditlash jarayonlarini avtomatlashtirish natijasida kredit ajratish muddati 3 kundan 3 soatgacha qisqarishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, mijozlarga kompleks qishloq xo‘jaligi xizmatlari ko‘rsatiladi. Bunda har bir hududda bittadan agroxizmat zonalari tashkil etiladi va ularda qishloq xo‘jaligi agenti faoliyat yuritadi. Ushbu zonalarda fermerlar bir joyning o‘zida bank, konsalting, monitoring, tuproq tahlili, ko‘chat yetkazib berish xizmatlari, agronom maslahatidan foydalanishlari, o‘quv kurslari haqida ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.

Bankning chorvachilik va mevachilikda, suvni sarfini «aqlli» boshqarishda sun’iy intellektdan foydalanish bo‘yicha pilot loyihalarni amalga oshirish, qishloq xo‘jaligida startaplarni moliyalashtirish maqsadida ustav kapitali 100 milliard so‘mlik yangi venchur kompaniyasini ta’sis etish borasidagi rejalari ham ko‘rib chiqildi.

Davlatimiz rahbari takliflarni ma’qullab, qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya darajasini yanada oshirish, mahalliy ishlab chiqarish va servisni rivojlantirish, raqamli platformalar orqali monitoring va moliyaviy xizmatlarni yaxshilash yuzasidan mutasaddilarga bir qator ko‘rsatmalar berdi.

Manba: president.uz

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring