Husanov oyning eng yaxshi futbolchisi — muxlislar qanday fikrda?

Kecha, 6 mart kuni «Manchester Siti» jamoasi fevral oyining eng yaxshi futbolchisini e’lon qildi va o‘zbekistonlik sportchi Abduqodir Husanov ushbu nominatsiyada g‘olib bo‘ldi.
Klub bu xabarni e’lon qilgandan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda jamoa muxlislari Abduqodir haqida iliq fikrlar bildirdi. Quyida ba’zi fikrlarni e’tiboringizga havola qilamiz.
@realzehor: «U eng yaxshi! Yana qaysi himoyachi buni qildi? Yanvar oyida keldi, fevralda eng yaxshi futbolchi bo‘ldi.»
***
@christaps18: «Biz uni yaxshi ko‘ramiz!»
***
@Hector_B17: «U juda yaxshi yigitga o‘xshaydi, umid qilamanki u kamtar bo‘lib qoladi va bor e’tibori futbolda bo‘ladi.»
***
@CamTheSpacemann: «Qanday yigit! Kelgusi mavsum «Manchester Siti» uchun ajoyib bo‘lishini va’da qilmoqda.»
***
@LeonaCarterX: «U «Siti»ning super yulduzi.»
***
@williams_benign: «20 yoshli bolada BMW bor, 19 yoshli Rikoda esa «Gelik» bor. Futbol yaxshi maosh beradi»
***
@MilaVIbezCFC: «Husanov uchun porloq kelajak bor».
Ma’lumot uchun, Husanov «shaharliklar» safida «Chelsi»ga qarshi debyutida xato qilgandan ko‘pchilik mutaxassislar hali uni APLga tayyor emas deya yozgandi, biroq hamyurtimiz atigi bir oy ichida nimalarga qodirligini «ko‘rsatib» qo‘ydi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter