IIV Ekspert-kriminalistika bosh markaziga boshliq tayinlandi

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV Axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, podpolkovnik Nuriddinov Saidolim Saidkamol o‘g‘li IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar S.Nuriddinov Ekspert-kriminalistika bosh markazi, kriminalistik ekspertiza va hisobga olish bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Shuningdek, podpolkovnik Mirzayev Jahongir Umirzoqovich Navoiy viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar J.Mirzayev IIV Navoiy akademik litseyi direktorining xodimlarni malakasini oshirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Podpolkovnik Amonov Jafar Jamiyevich esa Farg‘ona viloyati IIB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar J.Amonov Toshkent shahar IIBB PPXvaJTSB boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter