IIV hududiy tizimida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar bo‘ldi. Xususan, Andijon viloyatida ikkita mas’uliyatli lavozimga rahbar qo‘yildi.
Andijon viloyati Andijon shahar bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Usmanov Sadik Xakimmurzayevich tayinlandi.
Andijon viloyati Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i sifatida esa podpolkovnik Biloloxunov Nurillo Saydulloyevich ish boshladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter