Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV hududiy tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

IIV hududiy tizimida tayinlovlar amalga oshirildi

Foto:«Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Andijon, Samarqand va Jizzax viloyati Ichki ishlar tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqida vazirlik sayti ma’lumot tarqatdi.

Polkovnik Abdulhakov Yahyojon Artikbayevich Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Podpolkovnik Sattarov Mansur Abdugafurovich Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari - tergov boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Umarov Axrar Ilxamovich Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-moliya va moddiy-texnika ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rnini egalladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring