Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida bir qator yangi tayinlovlar bo‘ldi

IIV tizimida bir qator yangi tayinlovlar bo‘ldi

Foto:«Xabar.uz»

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.  Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar  bergan. 

Polkovnik Choriyev Aliaxmed Omonovich Toshkent shaxar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Choriyev A. Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Xo‘jaqulov Dilmurot Panjiyevich Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-kadrlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Xo‘jaqulov D. Toshkent viloyati IIBB Tashkiliy boshqarma boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Xubbimov Nizom Rabbimovich Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining uchinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Xubbimov N. Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Podpolkovnik Nurmetov Og‘abek Xusannazirovich Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar Nurmetov O. Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari-jamoat tartibini saqlash va maxsus muassasalar faoliyatini tashkillashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring