Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

IIV tizimida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Foto: Xabar.uz

Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan lavozim tayinlovlari amalga oshirildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Podpolkovnik Yusupov Ilhom Elmurodovich Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar I.Yusupov Surxondaryo viloyati, Denov tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Podpolkovnik Nurullayev Elbek Abduqodirovich Surxondaryo viloyati, Denov tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar E.Nurullayev Surxondaryo viloyati, Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Mayor Boboyev Do‘stmurod Qurbonmurotovich Surxondaryo viloyati, Boysun tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar D.Boboyev Surxondaryo viloyati, Sho‘rchi tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Polkovnik Xasanov Ibrohim Islomovich Toshkent viloyati IIBB boshlig‘ining to‘rtinchi mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili-markaz boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar I.Hasanov Toshkent tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Podpolkovnik Xurboyev O‘tkirbek Maxammatjonovich Toshkent tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar O‘.Xurboyev Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Podpolkovnik Bektoshev Farhodjon Isroilovich Farg‘ona viloyati, Toshloq tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar F.Bektoshev Farg‘ona viloyati, Rishton tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Mayor Madaminov Jasur Narimonovich Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar J.Madaminov Hazorasp tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Podpolkovnik Ahmedov Atamurad Baxtiyarovich Toshkent shahari, Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar A.Ahmedov Toshkent shahar, Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

***

Podpolkovnik Zuparov Tohirjon Zakirjanovich Toshkent shahar, Yashnobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tayinlovga qadar T.Zuparov Toshkent shahar, Yunusobod tumani bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tezkor ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring