Ikkita viloyatga yangi prokurorlar tayinlandi

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining navbatdan tashqari sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bosh prokuror va Ichki ishlar vaziriga viloyat prokurori hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ini ishdan olish haqida topshiriq bergan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyruqlariga asosan, Po‘latov Bahodir Baxtiyorovich Toshkent viloyati prokurori, Yusupov Botir Ermamatovich esa Qashqadaryo viloyati prokurori lavozimlariga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati xabar berdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter