Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil G‘azo ikki qismga bo‘linganini e’lon qildi

Isroil G‘azo ikki qismga bo‘linganini e’lon qildi

Isroil qo‘shinlari G‘azo shahrini (G‘azo sektoridagi 700 mingdan ortiq aholiga ega eng yirik shahar) qurshab oldi va shu tariqa mintaqani shimoliy va janubiy qismlarga bo‘ldi, dedi Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Xagariy.

Uning qo‘shimcha qilishicha, tinch aholini evakuatsiya qilish uchun janubga bir tomonlama yo‘lak ochiqligicha qolmoqda.

«G‘azo shimoli hamda G‘azo shahridagi ikki baravar kuch bilan hujum qilishni davom ettirmoqdamiz. Quruqlikdagi operatsiyalar boshlangandan beri biz 2500 dan ortiq nishonni urgandik. Shuningdek, shu soatda biz yer osti va yer ustidagi infratuzilmalarga keng miqyosli hujum uyushtirmoqdamiz», — dedi Xagariy.

Isroil nashrlari G‘azo shahriga katta zarbalar berilayotgani haqida xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Isroil armiyasi quruqlikdagi operatsiya boshlanganidan bir hafta o‘tmay, 2 noyabr kuni G‘azoni qurshab olgandi.

Xalqaro tashkilotlar va BMT harbiy harakatlar fonida mintaqadagi og‘ir gumanitar vaziyatni bir necha bor tilga olishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring