Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Isroil harbiysi 22 yoshli yigitni vahshiylarcha otib tashladi

Isroil harbiysi 22 yoshli yigitni vahshiylarcha otib tashladi

Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, juma kuni Isroil askari G‘arbiy Sohildagi Nablus shahrida falastinlik yosh yigitni o‘ldirgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda otishma aks etgan videolavhalar joylashtirilgan. Videoda faolastinlik yigitni hibsga olmoqchi bo‘lgan isroillik askar tasvirlangan. Ammo falastinlik yigit askarni o‘zidan uzoqlashtirganda, askarning avtomati tushib ketgan va u to‘pponchasini olib yaqin masofadan otib tashlagan.

Bu yigit Nablus janubidagi Osrin qishlog‘ida yashovchi 22 yoshli Hamdi Mefle ekanligi aniqlangan.

WAFA axborot agentligining xabar berishicha, qatlni kuzatayotgan isroillik bosqinchi askarlar yarador yigitga mahalliy aholi va tez yordam mashinalariga yordam berishiga to‘sqinlik qilgan.

Falastin Sog‘liqni saqlash vazirligi, Isroil fuqarolik ishlari bo‘yicha Bosh boshqarmasi fuqaroning og‘ir jarohatlar tufayli vafot etganini ma’lum qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring