Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Istanbuldagi samolyot halokatida O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi

Istanbuldagi samolyot halokatida O‘zbekiston fuqarosi jarohat oldi

5-fevral kuni «Izmir – Istanbul» yo‘nalishida uchgan samolyot qo‘nish vaqtida halokatga uchragani xabar berilgandi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, samolyotning qattiq qo‘nishi oqibatida O‘zbekiston fuqarosi B.S. jarohatlandi. U «Medikana» klinikasiga joylashtirilgan.

OAV xabarlariga ko‘ra samolyot Izmir shahridan Istanbul shahriga ichki reysni amalga oshirgan.

Bosh konsulxona vaziyatni nazoratga olgan va hamyurtimizga yordam berish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda, deyiladi TIV xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring