Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Jizzax shahri hokimining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Jizzax shahri hokimining birinchi o‘rinbosari o‘zgardi

Jizzax shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib Aziz Ergashev tayinlangan.

Kecha Jizzax shahar hokimligi majlislar zalida viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari A.Mustanov, Jizzax shahar hokimi K.Xolmurodov boshchiligida navbatdan tashqari yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan.

Shu kunga qadar shahar hokimining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Jasur Tojiboyev Jizzax viloyati Moliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga o‘tgani sababli Jizzax shahar hokimi birinchi o‘rinbosari lavozimidan ketgan.

Jasur Tojiboyev 2021 yil 30 iyundan buyon ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring