Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JSST koronavirus bo‘yicha tavsiyalarini o‘zgartirishi shart — olimlar

JSST koronavirus bo‘yicha tavsiyalarini o‘zgartirishi shart — olimlar

Foto: EPA

32 mamlakatning 239 nafar olimi yaqin kunlarda ilmiy jurnalda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga atalgan ochiq xatni chiqarishmoqchi. Tashkilotdan koronavirus profilaktikasi bo‘yicha tavsiyalarini qayta ko‘rib chiqish talab qilinmoqda.

«The New York Times» yozishicha, virus JSST tavsiyasida ko‘rsatilganidan ko‘proq muddat havoda saqlanadi — bu odamlarning salomatligi uchun xavf kuchayadi degani.

Virusning havo orqali tarqalishiga (ayniqsa, yaxshi shamollatilmaydigan yopiq binolarda) pandemiyaning asosiy sababchilaridan biri sifatida yondashilmas ekan, uni to‘xtatish mushkul, deyishmoqda olimlar.

Shu usulda yuqish koronavirus tarqalishining asosiy omili sanalgan taqdirda, tashkilotning tavsiyalarini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Xususan, binolar ichkarisida doim niqob taqib yurish zarur, tibbiyot xodimlariga esa eng mayda zarralargacha ushlab qoluvchi N95 respiratorlari kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring