Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ko‘kdala tumanidagi portlashda jabr ko‘rganlarga kompensatsiya berildi

Ko‘kdala tumanidagi portlashda jabr ko‘rganlarga kompensatsiya berildi

Ko‘kdala tumanidagi yong‘inda jabr ko‘rgan fuqarolarga prezident tomonidan yordam tariqasida kompensatsiya ajratildi.

Bu haqda Ko‘kdala tumani hokimligi xabar berdi. 

Joriy yilning 16-iyul kuni Ko‘kdala tumanidagi "Oltin dala" MFYda joylashgan aholiga gaz tarqatish shoxobchasida sodir bo‘lgan yong‘in natijasida jabr ko‘rgan fuqarolarga Davlat rahbari tashabbusi bilan kompensatsiya ajratildi. 

Jumladan yong‘inda halok bo‘lgan fuqarolarning oilalariga 100 million so‘mdan, yong‘inda jarohatlangan va ayni damda davolanishda bo‘lgan fuqarolarga esa 50 million so‘mdan naqd pul ko‘rinishda kompensatsiya to‘lab berildi. 

Ushbu mablag‘lar tuman hokimi hamda hokimlik mas’ullari ishtirokida fuqarolarning xonadonlari hamda davolanish joylariga olib borib berildi. 

Bundan tashqari jarohatlangan fuqarolar to‘liq tuzalib ketgunga qadar malakali shifokorlar ularga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatadi. 

Ularning davolanish va dori-darmon xarajatlari ham to‘liq davlat tomonidan qoplab beriladi, deyiladi xabarda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring