10 million kishi koronavirusni yuqtirdi. Lekin...

«Worldometers» portalida chop etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 10 million kishidan oshdi.
2020-yil 28-iyun soat 12:50 holatiga ko‘ra, jami 10 090 456 ta COVID-19 holati qayd etilgan bo‘lib, 501 480 kishi vafot etdi, 5 466 901 nafar bemor sog‘aydi.
Virusni yuqtirganlar soni olti kunda bir million kishiga ko‘paydi. Ma’lumki, 22-iyun kuni to‘qqiz million kishi koronavirusga chalingani ma’lum qilingandi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, navbatdagi milliontalik kelgusi haftada qayd etilishi kutilayotgandi.
Shunday bo‘lsa ham, «Worldometers» hisobotlari Jons Xopkins universiteti ma’lumotlaridan ancha yuqori: 2020-yil 28-iyun soat 12:50 holatiga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha 9 985 425 kishida koronavirus aniqlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter