Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus: AQShda vaziyat ayanchli tus olmoqda

Koronavirus: AQShda vaziyat ayanchli tus olmoqda

Foto: «Tradingbtc.com»

AQShda ilk bor bir kecha-kunduzda 90 mingdan ortiq kishida koronavirus holati aniqlandi. Bu haqda «NBC News» xabar bergan.

O‘tgan bir kecha-kunduzda AQShda 90 456 ta yangi COVID-19 holati qayd etildi, 982 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bundan oldingi rekord tunov kuni o‘rnatilgandi: o‘shanda qariyb 10 ming kishiga kamroq edi — 80 622.

28-oktyabr kuni AQSh hukumati bir hafta ichida yarim millionga yaqin COVID-19 holati qayd etilganini ma’lum qilgandi. Bunday vaziyat Amerika shtatlari yangidan-yangi cheklov qoidalarini joriy etish fonida kuzatilmoqda. Gap ayrim shaharlarda komendantlik soatlarining joriy etilishi va qahvaxona, restoran va barlarda taom tanovul qilish taqiqlanishi haqida ketmoqda.

AQShda jami qariyb 9 millionta koronavirus holati ro‘yxatga olindi. 229 ming bemor vafot etdi, 3,6 million kishi tuzaldi. Mamlakat kasallanganlar va o‘lim soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallamoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring