Koronavirus jilovlanmoqdami? «Bor-yo‘g‘i» 23 kishida infeksiya aniqlandi

2020-yil 25-avgust soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 39 664 (+23) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining barcha 23 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shu bilan birga, Olmazor tumanida yashagan 63 yoshli M.Z. (ayol), Uchtepa tumanida yashagan 62 yoshli A.T. (erkak) hamda Sergeli tumanida yashagan 55 yoshli S.B. (ayol), jami 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
E’tiborli jihati, bugun Toshkent shahrida 291 nafar, Toshkent viloyatida 117 nafar, Andijon viloyatida 6 nafar, Jizzax va Qashqadaryo viloyatlarida 5 nafardan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Namangan viloyatida esa 3 nafardan hamda Navoiy viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.
Shunday qilib yurtimizda 35 983 (+432) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (90 foiz) sog‘aygan.
Hozirda mamlakatimizda 3 394 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter