Koronavirus: Navoiyda 1 yoshdan 49 yoshgacha bemorlar tuzaldi

Navoiy viloyatida 21 nafar bemor sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi.
Tuzalganlarning 13 nafari erkak, 8 nafari ayol bo‘lib, yoshi kattasi 49 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug‘ilgan. Ularning barchasi ushbu viloyatdan (20 nafari Zarafshon shahridan, 1 nafari Xatirchi tumanidan).
Navoiy viloyatida sog‘ayganlar 114 nafar bo‘lsa, endilikda ular 135 nafarga yetib, davolanayotganlar 94 nafarni tashkil etmoqda.
Shunday qilib, bugun ayni paytga qadar 87 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog‘ayganlar soni 3444 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter