Koronavirusdan vafot etgan bemor qarindoshlariga shunchaki berib yuborilmaydi

Internet tarmog‘ida shifoxonada vafot etgan bemorlarning jasadini yaqinlariga topshirish jarayoniga oid tarqalgan mish-mishlar yuzasidan bemor vafot etgan taqdirda hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmasligi, bunday holat yuz bergan taqdirda, o‘sha xodimga nisbatan chora ko‘rilishi ma’lum qilindi.
— Birinchidan, jasadni uning yaqinlariga berish jarayoniga davolovchi shifokor aralashmaydi. Ikkinchidan, barcha ishlar patologik anatomiya muassasasida belgilangan tartibda bajariladi. Qolaversa, muassasa xodimi jasadni o‘rashdan oldin, albatta, uning yuzini yaqinlariga ko‘rsatib, aniqlik kiritadi. Barcha jarayonlar hujjatda to‘la aks etadi, — deydi Respublika patologik anatomiya markazi direktori, professor Rajabboy Isroilov.
Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, hozirgi kunda koronavirusdan vafot etgan bemorlarni daft etish jarayonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.
Ayni vaqtda koronavirus xavfini bartaraf etish uchun mamlakatimiz rahbariyati va sog‘liqni saqlash tizimi mutasaddilari hamda xodimlari tomonidan barcha choralar ko‘rilmoqda. Shunday sharoitda turli xil mish-mish va asossiz xabarlarga ishonib qolmaslik so‘raladi.
Ta’kidlanishicha, insonlar hayoti va qadr qimmatiga daxl qiluvchi holatlar aniqlansa, unga sababchi bo‘lganlar qonun oldida javob beradi. Asossiz xabarlar tarqatib, odamlar orasida vahima uyg‘otishga uringanlar ham o‘z jazosini oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter