O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 6272 nafarga yetdi (+56)

2020 yil 21 iyun soat 17:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 6272 (+56) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 13 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 19 nafari Toshkent shahri (shundan 16 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari aholi orasida), 10 nafari Samarqand viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 1 nafari aholi orasida), 9 nafari Qashqadaryo viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 3 nafari Andijon viloyatida aholi orasida, 2 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida qayd etilgan.
Bugun ayni shu soatgacha jami 87 nafar bemor sog‘ayib, yurtimizda ushbu kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 4377 nafarga yetdi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1876 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter