Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi ilk DNK-vaksina ishlab chiqildi

Koronavirusga qarshi ilk DNK-vaksina ishlab chiqildi

Foto: «India Today»

Hindistonlik olimlar COVID-19ga qarshi dunyodagi ilk DNK-vaksinani ishlab chiqishdi. Bu haqda «Hightech.fm» xabar berdi.

Hindiston dori vositalari muvofiqlashtiruvchisi COVID-19ga qarshi favqulodda vaziyatlarda qo‘llaniluvchi ilk DNK-vaksina — ZyCoV-Dni tasdiqladi. Uchta dozadan iborat ushbu vaksina emlanganlarning 66 foizida kasallikning oldini olgan. Bu haqda oraliq sinovlarni o‘tkazgan ushbu vaksina ishlab chiqaruvchisi — «Cadila Healthcare» kompaniyasi ma’lum qildi.

Sinovlarda 28 ming nafar ko‘ngilli ishtirok etgan.

Kompaniya yiliga vaksinalardan 120 milliontagacha doza ishlab chiqarishni rejalashtirgan.

Hindistonda shu paytgacha qo‘llashga ruxsat etilgan Covishield, Covaxin va Sputnik V vaksinalari bilan 570 mln. dozalik emlash amalga oshirildi. Katta yoshlilarning 13 foizi to‘liq emlab bo‘lingan, 47 foizi vaksinatsiya boshlangan yanvar oyidan beri hech bo‘lmaganda vaksinaning bitta dozasini qabul qilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring