Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkentga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Toshkentga olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Toshkent viloyati IIBB hamda Yangiyo‘l tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan joriy yilning 15-oktyabr kuni tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Tadbir davomida, Samarqand viloyatida yashovchi 32 yoshli I.X. Cobalt avtomashina «Samarqand-Toshkent» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan vaqtida M-39 avtomagistralining Yangiyo‘l tuman hududida tadbir ishtirokchilari tomonidan gumonlanib to‘xtatiladi. Avtotransport vositasining saloni ko‘zdan kechirilganda, paketlar o‘ralgan tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi modda bo‘lgan, birlamchi narxi 382 million so‘mga teng jami 3 ming 820 dona «Selofen» dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.

Ushlangan shaxs bilan o‘tkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida, u ushbu kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini tanishi — Samarqand viloyatida yashovchi 27 yoshli M.X. dan sotib olganligi aniqlangan. Tadbir davomida M.X. ham qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan I.X. hamda M.X. ga nisbatan Yangiyo‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-sentyabrdagi 818-son qarori bilan bir qator kuchli ta’sir qiluvchi modda (dori)lar savdosi tartibga solingan.

Hozirda, viloyat IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan bu kabi jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha keng masshtabli tadbirlar viloyat miqyosida o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring