Li Kesyan vafot etdi

Xitoy Davlat kengashi (mamlakatning oliy ijroiya organi) sobiq bosh vaziri Li Kesyan 68 yoshida vafot etdi, deb xabar bermoqda Xitoy markaziy televideniyesi.
Xinhua agentligining xabar berishicha, Li Kesyan Shanxayda ta’tilda bo‘lgan. 26 oktyabr kuni siyosatchi to‘satdan yurak xurujiga uchragan. Shifokorlar uni saqlab qolishga harakat qilishdi, biroq ertasi kuni — 27 oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 0:10 da u vafot etdi.
Li Kesyan 2013 yil mart oyida Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri etib tayinlangan, 2018 yilda esa ikkinchi besh yillik muddatga hukumat rahbari etib qayta saylangandi.
2023 yil mart oyida u o‘z lavozimini tark etdi va o‘rniga Li Syan keldi.
BBCning yozishicha, iste’foga chiqishidan oldin Li Kesyan Kommunistik partiyadagi ikkinchi nufuzli shaxs bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter