Lukashenko koronavirus vaksinasi uchun Rossiyaga minnatdorlik bildirdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbat chog‘ida koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi respublikaga birinchilardan bo‘lib yetkazib berilishi uchun RFga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
«Aleksandr Lukashenko koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashda Rossiyaning yordami, birinchi navbatda, Belarusga Rossiya vaksinasini yetkazib berish to‘g‘risidagi qarori uchun minnatdorlik bildirdi», — deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas