Manzil bo‘yicha ma’lumotnomalarni elektron tarzda olish mumkinligini bilasizmi?

Yagona portalning yangi talqini.
Yaqinda yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining yangi talqinida (my2.gov.uz) Toshkent shahri bo‘yicha manzil-ma’lumotlarini berish xizmati ishga tushirilgan edi.
Hozirda ushbu xizmat sinov tartibida ishlamoqda va undan faqat Toshkent shahri aholisi – jismoniy shaxslar foydalana oladi.
Elektron buyurtma yuborilganidan so‘ng, uni Toshkent shahri IIBB manzil-tergov byurosi 5 kun mobaynida ko‘rib chiqadi. Xizmat bepul taqdim etiladi.
Yaqinda ishga tushirilganiga qaramay, xizmatdan 89 kishi foydalanishga ulgurgan. Statistika ko‘ra, 84 kishining buyurtmasi ijobiy hal qilingan, 5 nafariniki rad etilgan.
Eslatib o‘tamiz, xizmatdan faqat my2.gov.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar foydalanishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter