Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank ikki viloyat bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinladi

Markaziy bank ikki viloyat bosh boshqarmasiga yangi boshliq tayinladi

Foto: Xabar.uz

Markaziy bankning Buxoro va Namangan viloyati bosh boshqarmalarida yangi tayinlovlar amalga oshirildi.

Erkin Muxtorovich Mansurov Markaziy bank Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. U tayinlovga qadar «Ipoteka-bank» aksiyadorlik tijorat ipoteka banki Buxoro viloyati filiali boshqaruvchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Jamshidbek Azizovich Aliyev Markaziy bank Namangan viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U mazkur tayinlovga qadar «Agrobank» ATB Ichki audit departamenti direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring