Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Markaziy bank karantin vaqtida tijorat banklari rahbarlarini brifing o‘tkazishga chaqirdi

Markaziy bank karantin vaqtida tijorat banklari rahbarlarini brifing o‘tkazishga chaqirdi

Foto: Xabar.uz

Markaziy bank tijorat banklari rahbarlarini karantin davrida markaziy telekanallarda, shu jumladan, «Koronavirus info»da doimiy brifinglar o‘tkazish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va blogerlar orqali bank bilan bog‘lanish bo‘yicha aloqa kanallari (veb-sayt, ishonch telefoni, telegram-bot) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni keng targ‘ib qilgan holda, mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish tartibi (shu jumladan, ko‘p beriladigan savollarga batafsil javob berish) yuzasidan muntazam ravishda tushuntirish ishlarini olib borishga chaqirdi.

«Shu o‘rinda, kredit tashkilotlarining qarz oluvchilariga ham murojaat qilamiz:

Kredit bo‘yicha to‘lov muddatlari kechiktirilgan davrda ham kreditdan foydalanganlik uchun foizlar hisoblanishi davom etadi va ushbu foizlar kechiktirilgan muddat tugaganidan so‘ng to‘lanilishi lozim.

Kelgusida qarz oluvchilarda qarz summasi oshib ketishining oldini olish maqsadida Markaziy bank joriy davr uchun kredit bo‘yicha to‘lovni amalga oshirishga moliyaviy imkoniyati bo‘lgan qarzdorlarga o‘z kreditlarini kredit shartnomalarida belgilangan muddatlarda so‘ndirishni davom ettirishni tavsiya etadi», — deyiladi xabarda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring