Martning oxirida ob-havo qanday bo‘lishi mumkinligi e’lon qilindi

«O‘zgidromet» mart oyining so‘nggi kunlari uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.
Xabarda ko‘rsatilishicha, 29-30-mart kunlari respublika hududlarida havo harorati biroz pasayadi. Faqat shimol va tog‘li hududlardagina harorat minimumlari nol va undan biroz pastki haroratga tushadi. 31-mart kunidan boshlab esa kunlar asta-sekin qiziy boshlaydi.
28-mart shimol Qoraqalpog‘iston va Xorazmda, 29-mart Toshkent, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Farg‘ona vodiy viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik kutiladi. Boshqa hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
28-mart shimolda, 29-mart respublikaning ko‘plab viloyatlarida kuchli shamollar esadi. Shamollar kuchayganda 18-23 m/s kuchga yetishi mumkin.
Umuman olganda, 28-30-mart kunlari joylarda biroz beqaror havolar kutiladi. 31-martdan esa kunlar isiy boshlaydi.
«Yuqori ehtimol, g‘arbda antitsiklonning rivojlanishi aprel oyining birinchi o‘n kunligi quruq va issiq o‘tishini ta’minlaydi. Bu havo to‘lqinlari qishloq xo‘jaligi sektori uchun qariyib bir oy davom etayotgan yog‘inli va nam havodan so‘ng yaxshi xabar bo‘ladi»,— deyiladi meteorologlar izohida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter