Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Milliy tanlov: G‘oliblarga 20 million so‘mgacha grant mablag‘lari berildi

Milliy tanlov: G‘oliblarga 20 million so‘mgacha grant mablag‘lari berildi

Foto: Innovatsiya vazirligi

Kecha, 25-oktyabr kuni Toshkent shahrida Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda hakamlar hay’ati tomonidan eng yuqori baholangan jami 15 nafar yakka va jamoaviy ishtirokchilarga 20 million so‘mgacha grant mablag‘lari sertifikatlari tantanali ravishda topshirildi.

G‘oliblarni taqdirlash marosimi «O‘zekspomarkaz»da INNOWEEK innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Innovatsion tadqiqotlar milliy tanlovi «Tapaqqiyot strategiyasi» markazi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, BMTning Tapaqqiyot dasturi, Toshkent shahridagi Xalqapo Vestminster Universiteti tomonidan 2018-yilning iyul – avgust oylari davomida e’lon qilingan edi. Unda ishtirok etish uchun respublikaning barcha hududlaridan 160 dan ziyod arizalar qabul qilinib, saralash jarayonlari natijasida 20 dan ziyod ishtirokchilar yakuniy bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Tanlovda g‘olib deb topilgan tadqiqot loyihalari qatorida o‘zbek, rus va ingliz tillarida sog‘liqni saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ta’lim, xavfsizlik, davlat va jamiyat qurilishi, ijtimoiy sohani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi kabi qator sohalarda innovatsiyalarni faol joriy etishga qaratilgan ishlarni ko‘rish mumkin.

Grant mablag‘larini qo‘lga kiritgan ishtirokchilar, endilikda innovatsion yo‘l orqali dori vositalarining samaradorligini oshirish, murakkab ob’yektlarning ilmiy-texnikaviy xavfsizligini rivojlantirish, nogironligi bo‘lgan bolalarning maktab internatlariga moslashuvini osonlashtirish, turizm sohasini ekonometrik modellashtirish kabi qator tadqiqotlarni hayotga tadbiq etishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, tanlovga arizalar research.strategy.uz veb-sayti opqali quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qabul qilindi:

  • Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish - 31 ta;
  • Qonun ustuvorligini ta’minlash va cyd-hyqyq tizimini yanada isloh
  • qilish - 8 ta;
  • Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish - 48 ta;
  • Ijtimoiy cohani rivojlantirish - 68 ta;
  • Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chyqyp o‘ylangan, o‘zapo manfaatli va amaliy tashqi ciyocat - 7 ta.

Final bosqichi ishtirokchilari loyihada doirasida o‘z tadqiqotlarini yanada takomillashtirish imkoniga ega bo‘ldilar. Jumladan, tanlovning hakamlar hay’ati a’zolari ishtirokida taqdimotlar o‘tkazish hamda ikki kunlik maxsus o‘quv kurslari ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring