Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

«Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishoni ta’sis etildi

Foto: «protoday.uz»

Kecha, 2-aprel kuni «Mo‘tabar ayol» ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanalida xabar berilgan.

Qarorga ko‘ra «Mo‘’tabar ayol» ko‘krak nishonini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida topshiriladi. Mukofotlash Xotin-qizlar qo‘mitasi boshqaruvining qarori asosida amalga oshiriladi.

«Mo‘’tabar ayol» ko‘krak nishoni bilan jamiyat va davlat hayotida faollik va tashabbuskorlik ko‘rsatgan, o‘zining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qo‘shgan joylarda ma’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlar taqdirlanadilar.

Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslar eng kam oylik ish haqining to‘rt baravari miqdorida biryo‘la to‘lanadigan pul mukofoti oladilar.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring