Mutaxassis ozishdagi eng xavfli xatoni aytdi
Amerikalik diyetolog Liza Moskovits diyeta paytida nonushta qilish bilan bog‘liq eng xavfli xatoni ma’lum qildi. Bu haqda Eat This, Not That nashri shunday yozadi.
Ko‘pincha ozishni xohlovchilar iste’mol qiladigan kaloriyalar miqdorini iloji boricha kamaytirish uchun nonushta qilishdan bosh tortishadi.
Mutaxassisning fikricha, buni amalga oshirib bo‘lmaydi. Nonushta qilmaslik kayfiyatning o‘zgarishiga, ochlik va charchoqqa olib kelishi mumkin, bu esa vazn yo‘qotishga xalaqit qiladi.
«Nonushta uchun iste’mol qilgan mahsulotlar kunning qolgan qismida energiya zaxirangiz, diqqat-e’tibor, ovqat hazm qilish, kayfiyat, ochlik va metabolik faoliyatingizga ta’sir o‘tkazishi mumkin», deb izohladi Moskovits.
Diyetolog nafaqat nonushta qilishni o‘tkazib yubormaslikni, balki ular tarkibida oqsil, kletchatka va yog‘ning balanslangan miqdorini ta’minlashni tavsiya etadi. Agar ertalab nonushta tayyorlashga vaqt yetmasa, Moskovits smetana, yogurt, qovurilgan non va bodom yog‘i yoki proteinli batonchik iste’mol qilishni maslahat beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter