Namanganda kuchli shamol tomlarni uchirdi (foto)

Namangan viloyatining Mingbuloq tumanida kecha, 22-yanvar kuni kuchli shamol bir qator binolar tomini uchirib ketdi, ayrim hududlarda elektr simlari uzildi.

Qayd etilishicha, shamol natijasida Jomashuy shaharchasidagi mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash bo‘limi ma’muriy binosi tomi uchib ketib, elektr simlari uzilgan. Bino 2019-yilda ta’mirlangan bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Voqea joyiga mahalliy hokimiyat va favqulodda xizmatlar bo‘limi yetib borishgan. Ayni paytda shamol oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter