Namangandagi «Huquqiy axborot» tadbiri raqam va fotolarda

Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida «Obod qishloq» dasturi doirasida ish olib borayotgan respublika ishchi guruhi tomonidan 2018-yil 14-avgust kuni Mustaqillik maydonida (tuman hokimligi atrofi) viloyat miqyosida «Huquqiy axborot» tadbiri tashkil etildi. Bu haqda bizga Davlat xizmatlari agentligi xabar berdi.
Davlat xizmatlari agentligining Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tadbir uchun ajratilgan maydonchaga joriy etilgan davlat xizmatlariga oid pannolar o‘rnatilib, tarqatma materiallar (flayer, buklet) joylashtirildi, davlat xizmatlari haqidagi videoroliklar namoyish etildi.
Tadbir davomida markaz tomonidan 102 ta amaliyot bajarildi:
- 56 nafar murojaat etuvchining markaz faoliyatiga oid savollariga javob va maslahatlar berildi;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 21-iyundagi qarori asosida o‘zlari yashab turgan turarjoylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha 18 ta ariza markaz tomonidan qabul qilindi va tegishli tartibda Yangiqo‘rg‘on tumani Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasiga «E-IJRO» elektron tizimi orqali yuborildi;
- 8 nafar fuqaroning tadbirkorlikni boshlash va ro‘yxatdan o‘tishga oid masalalari o‘rganilib, 5 nafariga ro‘yxatdan o‘tish tartibi tushuntirildi, 3 nafari tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi;
- 6 nafar murojaat etuvchiga elektron raqamli imzo kaliti berildi;
- 9 nafar fuqaroning farzandlariga maktabgacha ta’lim muassasalariga yo‘llanma rasmiylashtirildi;
- 4 nafar fuqaroga jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatildi;
- 1 ta nikoh qayd etildi;
- 1 nafar fuqaroning farzandiga tug‘ilganlik haqida guvohnoma berildi.
Shuningdek davlat xizmatlarining mazmun-mohiyati yuzasidan tushunchalar berilib, «Sayyor davlat xizmatlari» ko‘rsatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter