Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Navoiyda profilaktika inspektori 4-qavatda osilib qolgan bolani qutqardi

Navoiyda profilaktika inspektori 4-qavatda osilib qolgan bolani qutqardi

2-mart kuni soat 02:00 larda Navoiy shahrida profilaktika inspektori leytenant Ro‘ziqulov Abbos  va  Pirnazarov Adxam tungi navbatchilik vaqtida yosh bolaning yordam so‘rab baqirganligi ovozini eshitishadi va ovoz kelayotgan tomonga qarab yugurishadi.

U yerga yetib borishganida 4-5 yoshlar atrofidagi bola Jasorat ko‘chasi 23 uyning 4-qavati balkonidan osilib turgandi.

Shundan so‘ng, profilaktika inspektori Ro‘ziqulov Abbos profilaktika katta inspektori katta leytenant Pirnazarov Adxam va profilaktika inspektori yordamchisi Barakayev Jo‘rabeklarning yordamiga tayanib 4-qavatga ko‘tariladi va 2014-yilda tug‘ilgan R.K.ni qutqarib qoladi, deya xabar qildi Navoiy IIB matbuot xizmati. 

Ma’lumot o‘rnida: avvalgi safar Zarafshon shahrida mudhish jinoyatning oldi olingan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring