Navoiyda «ZIL» portladi, 4 kishi jarohat oldi

Illyustrativ foto.
Bugun Navoiy viloyati, Navoiy shahrida joylashgan propan gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘ldi.
FVV matbuot xizmatiga ko‘ra, ushbu holat bo‘yicha yong‘in joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Yong‘in kelib chiqish sababi «ZIL-130» rusumli propan yoqilg‘i tashish avtomobili o‘zidagi suyultirilgan gazni to‘kish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan, natijada yuk avtomobiliga foydalanish uchun o‘rnatilgan gaz baloni yorilib, yong‘in kelib chiqqan.
Hodisa oqibatida shoxobcha yaqinidan xarakatlanib ketayotgan «Moskvich-412» rusumli avtomashina haydovchisi va 3 nafar yo‘lovchisi turli darajada kuyish tan jaroxatini olgan, halok bo‘lganlar yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter