Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eng himoyasiz smartfonlar e’lon qilindi

Eng himoyasiz smartfonlar e’lon qilindi

Foto: «Facebook»

Ekspertlar xakerlar uchun eng himoyasiz smartfonlarni aniqlashdi. Ushbu qurilmalar egalari konfidensial ma’lumotlarini yo‘qotish xavfidalar.

Buzib kirish eng oson bo‘lgan gadjetlar ro‘yxatini Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgan DEF CON konferensiyasida axborot xavfsizligi mutaxassislari ma’lum qilishdi. Xatoliklar LG G6, Sony Xperia L1, Nokia 6 va ASUS ZenFone 3 Max modellarida aniqlandi. Shuningdek, unchalik nomdor bo‘lmagan Plum, SKY, Vivo, Orbic, MXQ, Leagoo, Coolpad, Oppo va Doogee brendlarida ham kamchiliklar kuzatildi.

Yuqorida sanab o‘tilgan qurilmalarga xakerlar osongina buzib kirishlari mumkin, deb xabar beradi The Bleeping Computer nashri. Buzg‘unchilar ushbu gadjetlarga ulanib xohlaganlaricha SMS xabarlar jo‘natishlari, zararli dasturlarni o‘rnatib qo‘yishlari mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring