Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nonushtada shirinlik kerakmi?

Nonushtada shirinlik kerakmi?

Illyustrativ foto

Nonushtada konfet, pechene va shunga o‘xshash shirinliklarni tanovul qilish salomatlikka ziyon yetkazishi mumkin, dedi kardiolog Xose Abelyan Ispaniyaning La Razon nashriga bergan intervyusida.

Mutaxassisning aytishicha, tonggi ovqat kun davomidagi «metabolik ohang»ni belgilab beradi, inson o‘zini qanday his etishi bevosita uning sifatiga bog‘liq.

Aksariyat shirin mahsulotlar — to‘yish mexanizmini buzib, ishtahani kuchaytiruvchi va ko‘p ovqat iste’mol qilishga olib keluvchi o‘ta qayta ishlangan mahsulotlardir. Shuning barobarida, ular tarkibida organizm uchun kerakli vitaminlar, minerallar, oqsillar, foydali yog‘lar va murakkab uglevodlar deyarli uchramaydi.

Qolaversa, shirin nonushtadan so‘ng qonda glyukoza miqdori oshib, ortiqcha vazn to‘planishi va yurak-qon tomir kasalliklari ehtimoli ko‘payadi, immun tizimi susayadi, dedi Abelyan.

Shunga qaramasdan, kardiolog shirinliklardan batamom voz kechmaslikka chaqirdi.

«Muammo shirinlikni vaqti-vaqti bilan yeyishda emas, balki to‘laqonli nonushtani unga almashtirishda», — ta’kidladi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring