Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oddiy, rostmana o‘zbekcha issiqxona qanchaga tushadi?

Oddiy, rostmana o‘zbekcha issiqxona qanchaga tushadi?

Hozir O‘zbekistonda issiqxona qurish juda urf bo‘lgan. Xususan, koreyscha texnologiya asosida qurishga e’tibor qaratilmoqda. Bunday issiqxona juda yaxshi va sifatli, ammo ancha qimmat. Masalan, bir sotixi 5-6 ming dollarga tushadi.

Namanganlik usta Ayubxon Boyxonov o‘zi ishlab chiqqan texnologiya asosida koreyaliklarnikidan qolishmaydigan issiqxona loyihasini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Buning uchun ko‘p pul ham talab qilinmaydi, bir sotixi uchun 1200-1500 dollar kifoya bo‘ladi.

«Biz deyarli barcha qurilish xom-ashyosini o‘zimiznikidan ishlatamiz. Hatto tuproq, havo harorati nazorati va tomchilab sug‘orish texnologiyasi ham o‘zimizda chiqarilmoqda. O‘shalardan foydalangan holda sifati jihatidan chet elnikidan qolishmaydigan issiqxona quramiz.

Bunaqa issiqxonalardan Rossiya, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda ham qurib keldim. Ularga ham ancha narsa o‘rgatdik.

Yigirma yildan beri shu ish bilan shug‘ullanaman. Issiqxona uchun gaz va ko‘mirda ishlaydigan kotyollarni ham o‘zim tayyorlayman.

Hozirda mahsulot ishlab chiqarilayotgan 50 sotixli issiqxonam bor. Bundan tashqari har yili buyurtma asosida kamida yana 10 gektar maydonda issiqxona qurib beraman. Asosiy mijozlar Namangan viloyatidan. Ammo butun O‘zbekiston bo‘ylab qurib berishimiz mumkin», — deydi usta.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring