Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston gastronomiyasi Ozarbayjonda xalqaro pazandachilik chempionatida e’tirof etildi

O‘zbekiston gastronomiyasi Ozarbayjonda xalqaro pazandachilik chempionatida e’tirof etildi

Gastronomik turizm zamonaviy sayohatning ajralmas qismiga aylanib, nafaqat mahalliy taomlardan lazzatlanish, balki ma’lum bir hududning madaniyati va an’analarini chuqurroq anglash imkonini bermoqda.

Bunday madaniy almashinuvning yorqin misollaridan biri 13-16 may kunlari Turizm qo‘mitasi ko‘magida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi jamoasining Ozarbayjonning Boku Ekspo markazida mintaqadagi eng nufuzli pazandachilik musobaqalaridan biri — «Golden Shah 2025» chempionatidagi ishtiroki bo‘ldi.

Chempionat Worldchefs va Ozarbayjon Pazandachilik Muttaxassislari Assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etildi va unda Turkiya, Xorvatiya, Qozog‘iston, Singapur, Serbiya va boshqa davlatlardan 100 dan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Musobaqa juda yuqori darajadagi raqobat muhitida o‘tdi — har bir jamoa o‘zining professionalligi, kreativ yondashuvini namoyish etdi. Oshpazlar uyushmasi jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, bir qator nominatsiyalarda sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring