Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ichida pasport o‘rniga ID karta joriy etilishi, hozirgi biopasport xorijga chiqish pasporti o‘rnini bosishi mumkin

O‘zbekiston ichida pasport o‘rniga ID karta joriy etilishi, hozirgi biopasport xorijga chiqish pasporti o‘rnini bosishi mumkin

Foto: Shuxrat Latipov / «Gazeta.uz»

Bugun, 9-yanvardan «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» Davlat dasturi loyihasi umumxalq muhokamasiga taqdim etilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu dasturga ko‘ra, fuqarolarning xorijga chiqish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining loyihasi ko‘rib chiqilmoqda. Loyihaga ko‘ra, pasport tizimi bo‘yicha yangi tartib 2018-yil 1-iyuldan kuchga kirishi belgilangan.

Ya’ni milliy biometrik pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida e’tirof etish va O‘zbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun fuqarolik pasporti o‘rniga shaxsni tasdiqlovchi ID — identifikatsiya kartasini joriy etish nazarda tutiladi.

Ushbu hujjatga mas’ul etib, IIV, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, TIV va Davlat personallashtirish markazi belgilandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring