O‘zbekiston Ulan-Bator ko‘chalarida sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda

O‘zbekiston Ulan-Bator ko‘chalarida sayyohlik salohiyatini namoyish etmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Mo‘g‘ulistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi tomonidan mamlakatning sayyohlik imijini targ‘ib qilishga qaratilgan loyiha amalga oshirilmoqda.
Ulan-Batorning markaziy ko‘chalaridagi eng yirik LED-ekranlarda O‘zbekistonning boy tarixiy, madaniy va tabiiy merosi haqida hikoya qiluvchi videoroliklar namoyishi boshlandi. Kadrlarda qadimiy shaharlar, go‘zal manzaralar, Ipak Yo‘li bo‘ylab noyob yo‘nalishlar va zamonaviy sayyohlik ob’yektlari aks etgan.
Ushbu aksiyaning maqsadi Mo‘g‘ulistonning keng jamoatchiligini O‘zbekistondagi sayyohlik imkoniyatlari bilan tanishtirish, sayohatlarga qiziqishni rag‘batlantirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi turizm aloqalarini mustahkamlashdan iborat.
LED-ekranlarda targ‘ibot o‘tkazish O‘zbekistonning tashqi turizm bozoridagi o‘z mavqeini kengaytirish bo‘yicha umumiy strategiyasining bir qismiga aylandi. Bu strategiya zamonaviy media formatlaridan foydalanish va ustuvor mamlakatlar bilan maqsadli ishlashni o‘z ichiga oladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter