Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi: hamkorlik masalalari Toshkentda muhokama qilinadi

O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi: hamkorlik masalalari Toshkentda muhokama qilinadi

Foto: «EU Project»

Joriy yilning 14-mart kuni Toshkentda «O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik: kelajakka nazar» mavzusidagi davra suhbati tashkil etiladi. 

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorligi yangi Strategiyasining ishlab chiqilishi doirasida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qilishdan iborat.

Ushbu tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi strategik va mintaqalararo tadqiqotlar Instituti, Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi va Fridrix Ebert nomidagi fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida tashkil etilmoqda.

Davra suhbati doirasida ishtirokchilar ochiq muloqot va munozalar tarzida O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi muhim institutlari bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yanada mustahkamlashga qaratilgan yangi g‘oyalar va takliflarni muhokama qilishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring