Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston zilziladan jabrlangan Turkiyaga «modulli uy»lar jo‘natadi

O‘zbekiston zilziladan jabrlangan Turkiyaga «modulli uy»lar jo‘natadi

Turkiyadagi ofat zonasida O‘zbekistondan olib boriladigan 100 ta modulli konstruksiya o‘rnatiladi. Bu haqda «Anadolu» agentligi xabar bermoqda.

Fevral oyida epitsentri Qahramonmarashda bo‘lgan halokatli zilzilalardan so‘ng Turkiyaga yordam qo‘lini cho‘zgan O‘zbekistonning xayriya yordami doirasida jo‘natiladigan har birida bir oila sig‘adigan 100 ta turar-joy konteyner inshooti Hatay viloyatidagi Ovakent qishlog‘iga o‘rnatiladi.
Modulli uylar Istanbuldagi o‘zbek diasporasi tomonidan 2016-yilda tashkil etilgan Seyhun ta’lim va madaniyat uyushmasining bevosita ko‘magida o‘rnatilmoqda.

Ushbu modulli uylarning umumiy maydoni 21 metr kvadrat bo‘lib, unda oshxona, hojatxona va hammom mavjud. Konteynerlar issiqlik izolyasiyasi bilan jihozlangan va turli mavsumiy omillarga chidamli. Ularni o‘rnatish 15 kishidan iborat jamoa tomonidan amalga oshiriladi.
«Ovakent hududida 100 ta konteyner o‘rnatishni rejalashtirganmiz. Ayni paytda 80 dan ortiq konteyner o‘rnatish uchun qurilish materiallari mavjud. Konteynerlarimizning o‘ziga xos jihati shundaki, ular murvat bilan mahkamlangan, ya’ni istak bo‘lsa yig‘ilib, ko‘chirilishi mumkin bo‘lgan tarzda ishlab chiqilgan», – deydi Uyushma rahbari Tohir Abdulla.

Tohir Abdullaning aytishicha, Ovakentda konteyner o‘rnatish ishlari 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring