Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim nega past darajada?

O‘zbekistonda koronavirusdan o‘lim nega past darajada?

Bugun AOKA shtabida Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Habibulla Oqilov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

Tomoqdan surtma olib tekshirilganda, koronavirusni aniqlash imkoni qanday?

O‘zbekistonda COVID-19 virusini aniqlash uchun PSR (Polimepraz zanjir reaksiyasi) ishlatiladi. Uning aniqlash foizi juda yuqori —90 foizdan oshadi.

Nima uchun bizning mamlakatimizda koronavirusdan o‘lim holati juda past darajada? Bunga qanday erishildi?

O‘zbekiston karantin va o‘z-o‘zini izolyasiya qilish tadbirlarini o‘z vaqtida va qat’iy o‘rnatgani buning eng asosiy sababi. Shuningdek, shifokorlarimizning fidokorona mehnati, xalqaro tajribalarni qo‘llash ham qo‘l keldi. Boshqa yana ko‘plab faktorlar ham bor.

Yo‘llarda dezinfeksiyalash ishlari to‘xtatildimi?

Yo‘q. Dezinfeksiyalash tadbirlari bekor kilingani yo‘q.

Bir tanishim koronavirusga test topshiribdi. Aytishicha, natija 14 kunlik kuzatuvdan so‘ng aniq bo‘larmish. Shu rostmi?

Noto‘g‘ri. Polimeraz zanjir reaksiyasi birinchi martadayoq to‘g‘ri javob beradi. Bemor tuzalganligini aniqlash uchun analiz takrorlanadi.

Isroilda koronavirusga analiz oladigan budkalar tashkil qilinibdi. Bizda ham shunday test olish uchun joylar tashkil etilishi mumkinmi?

Yo‘q. O‘zbekistonda koronavirusni aniqlash uchun analiz oladigan laboratoriyalar yetarli miqdorda. Ularda kerakli asbob uskunalar, reaktivlar va ularda ishlaydigan mutaxassislar yetarli. Shuning uchun ko‘chma laboratoriya ochishga ehtiyoj yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring