O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 800 nafarga yaqinlashdi

2020 yil 12 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 796 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV axborot xizmati xabar berdi.
Kecha tunda, 11 aprel soat 23:00 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 767 nafarga yetgani xabar qilingandi. O‘tgan vaqt davomida yana 29 kishida kasallik aniqlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda hozirga qadar 42 nafar bemor sog‘aygan, 4 nafari esa vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter