Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2018-yilda o‘zbekistonliklar Ramazon va Qurbon hayitida ketma-ket uch kun dam olishadi

2018-yilda o‘zbekistonliklar Ramazon va Qurbon hayitida ketma-ket uch kun dam olishadi

O‘zbekistonlik musulmonlar hayit namozidan so‘ng bir-birlarini bayram bilan qutlamoqda.

Foto: «Muxlis.uz»

2018-yildan boshlab O‘zbekistonda Ramazon va Qurbon hayitida ketma-ket uch kundan dam olish kunlari belgilandi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining «2018-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmonining sharhida so‘z boradi. Hujjat matni O‘zAda e’lon qilindi.

«Xalqimizning ma’naviy hayotida oliyjanoblik, minnatdorchilik, ezgulik, rahmdillik, hamjihatlik fazilatlari belgilanishida muqaddas Qurbon hayit va Ramazon hayit bayramlarining muhimligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni yuksaltirish va saqlab qolish maqsadida 2018 yildan boshlab ayrim dam olish kunlarini bayram kunlariga yaqin bo‘lgan ish kunlariga qo‘chirish hisobiga uzluksiz uch kunlik dam olish kunlari belgilanishi ko‘zda tutilmoqda», deyiladi hujjatda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring