Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari miqdori ma’lum qilindi

O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari miqdori ma’lum qilindi

Foto: Kun.uz

Markaziy bank O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari to‘g‘risidagi ma’lumot (2020 yil 1 mart holatiga)ni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi Qonunga muvofiq, Markaziy bankning asosiy vazifalaridan biri sifatida respublika xalqaro zaxiralarini boshqarish, hisobga olish va saqlash belgilangan.

Xalqaro zaxiralarni hisoblash metodikasi Xalqaro valyuta jamg‘armasining standartlari asosida yuritiladi. Xalqaro zaxiralarning tarkibi xorijiy valyuta aktivlari va quyma shaklidagi monetar oltindan iborat.

Xalqaro zaxiralarni samarali boshqarish maqsadida Markaziy bank tomonidan zaxiralarning yalpi va sof qiymatlari hisobi yuritiladi.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro zaxiralari (mln.AQSh dollarida)

01.01.2020

01.02.2020

01.03.2020

28 590,0

29 433,79

30 016,06

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring